AsosiyJamiyat

Jizzaxda maktabda o`quvchilarning sochi chizg`ich bilan o`lchab chiqildi (Foto)

'Jizzaxda maktabda o`quvchilarning sochi chizg`ich bilan o`lchab chiqildi (Foto)'ning rasmi

Jizzax shahridagi 24-maktab telegram kanalida o`qituvchilar o`quvchilarning sochini chizg`ich bilan o`lchashayotgani rasmlari e`lon qilindi. Bu haqda bloger Nozim Safari xabar qilgan.

Sochi me`yordan ortgan o`quvchilar doskaga chiqarilib, barchaning oldida izza qilingan, maktab ma`murlari ular bilan tushuntirish ishlari olib borgan. 

Mazkur holat O`zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qaror loyihasi joylashtirilganidan so`ng yuz berdi.

Taklif etilayotgan tahrirga ko`ra, nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda lisenziya talablari va shartlariga ta`lim oluvchilarning kiyimiga:

turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo`shishga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga xos bo`lgan harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurishga yo`l qo`ymaslik;

o`g`il bola ta`lim oluvchilarning tashkilotga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo`ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo`lgan va yorqin ranglarga bo`yalgan holda kelishlariga;

qiz bola ta`lim oluvchilarning tashkilotga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo`yagan, yuzini ko`zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog`iga bittadan ortiq sirg`a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo`l tirnoqlarini bo`yagan va uzun qilib o`stirgan holda kelishlariga yo`l qo`ymaslikka oid qoida kiritilmoqda.


 

Boshqa yangiliklar