Avvalroq, Qozog`istonning Aqto`be viloyatidagi Karabutak—Kostanay trassasida 25 fevral kuni 45 nafar yo`lovchi — O`zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo`lgan avtobus ag`darilib ketgani haqida xabar qilgan edik.
Ayni paytda TIV ushbu YTHda bo`lgan O`zbekiston fuqarolari yuzasidan ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, yo`lovchlar orasida 14 nafar O`zbekiston fuqarosi bo`lgan.
Mamlakatimizning Aqtau shahridagi (Qozog`iston) Bosh konsulxonasi ma`lumotiga ko`ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, tibbiy yordamga ehtiyoj sezilmagan. Qozog`istonning yo`l polisiyasi va favqulodda vaziyatlar bo`yicha organlari xodimlarining yordami bilan yo`lovchilar evakuasiya qilingan, avtobusga texnik xizmat ko`rsatilgan va yo`nalishini davom ettirgan.