Adliya vazirligi kam ta`minlangan oilalarga nafaqa to`lash tartibi va miqdori tayinlanishi bo`yicha ma`lumot berdi.
Quyidagi nafaqa va moddiy yordam har bir oila a`zosiga o`rtacha oylik jami daromad miqdori mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 52,7 foizidan (358 007 so`mdan) ortiq bo`lmagan oilalarga tayinlanadi:
14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa:
• 1 ta bolali oilaga - 131 000 so`m;
• 2 ta bolali oilaga - 217 000 so`m;
• 3 va undan ortiq bolali oilaga - 304 000 so`m;
- 2 yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa - 434 000 so`m;
- kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam - 326 000 so`mdan 653 000 so`mgacha.
Oila a`zosiga to`g`ri keladigan o`rtacha oylik jami daromad, nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi 3 oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a`zosining o`rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a`zolari soniga bo`lingan holda aniqlanadi.
Nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o`zini o`zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to`lanadi.






