Joriy yilning 28 fevral kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari U.Begimkulov Praga Metropolitan universiteti prorektori Yaroslav Galik bilan uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar O`zbekiston va Chexiya davlatlari o`rtasidagi oliy ta`lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha o`zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, Praga universiteti tomonidan o`zbekistonlik yoshlarga magistratura va doktoranturaga grantlar ajratish bo`yicha ham kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuvga binoan, ajratiladigan grantlar uchun nomzodlar O`zbekistondagi oliy ta`lim muassasalarida o`tkaziladigan tanlov asosida saralanishi belgilandi.






