1

O`zbekiston hukumati muqobil energiya manbalari sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarga imtiyozlar taqdim etadi

Hi-tech 20.03.2015, 14:22
O`zbekiston hukumati muqobil energiya manbalari sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarga imtiyozlar taqdim etadi

O`zbekistonda 2015-2019 yillarga mo`ljallangan energiya iste`molini kamaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya tejovchi texnologiyalar va tizimlarni joriy qilish bo`yicha chora-tadbirlar Dasturi amalga oshirilmoqda, deb yozadi kun.uz nashri Uzbekistan Today axborot agentligi ma`lumotlari asosida.

Ushbu dasturga ko`ra, mavjud generasiya tizimiga muqobil energiya manbalari joriy etilishi talab qilinadi. Bu jarayonni tezlashtirish maqsadida muqobil usulda energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni 10 yil muddatga mol-mulk solig`idan, maxsus jamg`armalarga majburiy kiritmalardan, “O`zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan energiya hajmlariga tegishli qo`shimcha qiymat solig`idan ozod qilish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, muqobil usulda energiya ishlab chiqaruvchi jihozlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar 5 yil muddatga soliqlarning barcha turlaridan va majburiy kiritmalardan ozod qilinadi. Muqobil energiya ishlab chiqaruvchilari ham, uning iste`molchilari ham mamlakatga tegishli xom ashyo, asbob-uskuna va yordamchi qismlar olib kirishda bir qator bojxona imtiyozlariga ega bo`ladi.

Dasturda energiya ishlab chiqarishda, transportirovkasida va qo`llanishida energiya quvvatining yo`qotilishini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1