2020 yilning 2-3 mart kunlari O`zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo`mitasi Siyosiy byurosi a`zosi, XKP MQning Tashqi ishlar bo`yicha komissiyasi Kanselyariyasi rahbari Yan Szechi boshchiligidagi delegasiya tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Bo`lajak muzokaralarda oliy va yuqori darajalardagi uchrashuvlar chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi hamda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.






