Efiopiyaning Somali mintaqasida dahshatli epidemiya ko`plab insonlarning hayotiga zomin bo`lmoqda. Eng yomoni shundaki, aholi qanday kasallikka duch kelganligini bila olmayapti.
planetanovosti.com nashrining yozishicha, mahalliy hokimiyat bu muammoni hali tan olgani yo`q. Mahalliy aholining so`zlariga qaraganda, bunday kompaniyalar daryoni zararli moddalar bilan ifloslantirgan va shuning uchun odamlar halok bo`lmoqda.
Kasallikning belgilari quyidagilardan iborat: terining sarg`ayishi, og`iz va burundan qon kelishi, isitma. Shifokorlar hech narsa qila olishmayapti. Davolashni boshlash uchun aniq tashxis qo`yishning esa hech qanday usuli yo`q.
Konchilik vazirligi tomonidan ma`lum qilinishicha, zaharli deya qayd etilayotgan Ogaden havzasiga hech qanday kimyoviy moddalar to`kilmagan.






