AsosiyDunyo

Istanbulda "Sputnik"ning Turkiyadagi bosh muharriri qo`lga olindi

'Istanbulda "Sputnik"ning Turkiyadagi bosh muharriri qo`lga olindi'ning rasmi

Sputnik Turkiya nashri xabariga ko`ra, Mahir Boztepe Istanbul xavfsizlik bosh boshqarmasida olib ketilmoqda.
 

"Polisiya bizning Istanbuldagi ofisimizga keldi. Yana bir xodim qo`lga olindi. Yana uch xodimimiz kechadan buyon Anqaradagi polisiyada, kuni kecha kechqurun ularning xonadonlariga millatchilar bostirib kirgan edi. Turkiya, bu nimasi?”, - deya yozgan Twitter᾽da “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Anqarada Sputnik Turkiyaning uch nafar xodimining uyiga noma`lum shaxslar bostirib kirishga uringani xabar qilingandi. Ular polisiyaga shikoyat arizasini yozgandan so`ng aloqaga chiqmay qo`ygan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hukumatidan vaziyatga aralashishni va bo`lib o`tgan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirishda ko`maklashishga chaqirgan edi.

Boshqa yangiliklar