Joriy yilning 29 fevral kuni o`tkazilgan avtoreyd tadbiri davomida tegishli ruxsatnomasiz transport vositasi yon oynalirini qoraytirib olgan bir necha haydovchilar aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari harakat xavfsizligini ta`minlash, qoidabuzarliklarning oldini olish yuzasidan bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda.
Ularga nisbatan o`rnatilgan tartibda ma`muriy bayonnomalar tuzilib, transport vositalari vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo`yildi.






