AsosiyJamiyat

“Hududgaz Sirdaryo” tumanidagi suyultirilgan gaz muammolar yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi

'“Hududgaz Sirdaryo” tumanidagi suyultirilgan gaz muammolar yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi'ning rasmi

Joriy yilning 25 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sirdaryo tumani, Baxt shaxrida suyultirilgan gaz ta`minotidagi muammolar yuzasidan qilingan murojaat bo`yicha “Hududgaz Sirdaryo” MChJ rasmiy ma`lumotlarini e`lon qildi. 

Sirdaryo tumani Baxt shaxrida joylashgan barcha MFYlarning iste`molchilariga bugungi kunda belgilangan fond doirasida uzluksiz tabiiy gaz to`liq etkazib berilayotganligi sababli, ushbu hududlardagi aholi iste`molchilariga suyultirilgan gaz bilan ta`minlash rejalashtirilmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ismi sharifi noma`lum bo`lgan fuqaroning qilgan murojaatini o`rganib chiqish va yashash manzili noaniqligi sababli, O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi qonunining 29-moddasi, 1-bandiga asosan ushbu murojaat anonim tarzda bo`lganligi uchun ko`rib chiqish va unga aniqlik kiritishning imkoni yo`q.


 

    Boshqa yangiliklar