Joriy yilning 27 fevral kuni Xalq deputatlari G`uzor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda G`uzor tumani hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Sessiya ishida tumanda yoshlar bandligini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi.
Hisobot yakunida tuman prokurori 25 nafar kambag`al oila farzandlari bandligini ta`minlash va ularning turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida o`z otalig`iga olishini bildirdi.






