28 fevral kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.Majidov Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti vise-prezidenti O Seong Xoni qabul qildi, deya vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida Angren shahrida Kukmin universitetini ochish bo`yicha dastlabki kelishuv imzolandi. Yangi tashkil etiladigan oliy ta`lim muassasasida muhandislik, elektron muhandislik va informatika, axborot xavfsizligi, arxitektura, dizayn, biznes boshqaruvi kabi yonalishlar bo`yicha ta`lim berilishi ko`zda tutilgan.
Qayd etish lozim, Kukmin universitetiga 1946 yilda asos solingan bo`lib, bugungi kunda uning tarkibida 15 ta fakultet faoliyat yuritib kelmoqda.
02.03.2020 07:16
Angren shahrida Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti ochiladi






