AsosiyJamiyat

O`zbekistondan ilk vakil BMTning yoshlar sessiyasida ishtirok etdi

'O`zbekistondan ilk vakil BMTning yoshlar sessiyasida ishtirok etdi'ning rasmi

AQShning Nyu York shahrida BMTning navbatdagi “Future We Want” sessiyasi bo`lib o`tdi. Ushbu sessiyaga butun dunyodan 250 ga yaqin iqtidorli va etakchilik qobiliyati ega yoshlar taklif qilindi.

Ta`kidlanishicha, bu yilgi yig`ilishga O`zbekistondan birinchi marotaba vakil taklif etilgan. Hozirgi kunda Ispaniyaning Barselona shahridagi “European Business School” oliygohi talabasi Qoriev Doniyor mamlakatimizdan vakili bo`lib sessiyada ishtirok etdi.

Sessiya davomida global muammolar haqida so`z yuritildi. Xususan, bu yilgi yig`ilish jinoyatlarni oldini olish va kiber-jinoyatlarga qarshi kurashish mavzusida bo`ldi.

Tadbirda mamlakatimiz vakili sessiya mavzusi yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirildi. Sessiya yakuni bo`yicha kelasi rejalar tuzildi va rezolyusiyalar tasdiqlandi.

Qoriev Doniyor Moskva, Milan va Tokio shaharlarida bo`lib o`tadigan BMTning navbatdagi sessiyalariga taklif qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar