Bugun, 2 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Muomalasi yo`q tuxmatkash GAI” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqatildi. Ushbu holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati tezkor munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 29 fevral kuni soat 17:45 larda M39 avtomobil yo`lining Samarqand viloyati, Samarqand shahridan o`tuvchi 1081 kilometrida belgilangan taqsimot asosida xizmatga biriktirilgan Samarqand viloyati IIB YHXB YPX inspektori M.Qo`rg`onov xizmati davomida “Yo`l harakati qoidalari”ning 9 hamda 98-bandlarini buzib harakatlanib kelgan “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisini o`rnatilgan tartibda to`xtatgan. YPX inspektori haydovchiga o`zini tanishtirib, tegishli me`yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so`ragan. Haydovchi inspektordan dislokasiya ko`chirmasi, ko`krak nishon belgisining raqami va xizmat guvohnomasini ko`rsatishini so`ragan. YPX inspektori haydovchiga ko`krak nishon belgisi raqami va xizmat guvohnomasini ko`rsatgan. Haydovchi qanday qoidabuzarlik qilganligini so`ragan vaqtida inspektor “Yo`l harakati qoidalari”ning 9 va 98-bandlarida keltirilib o`tilgan talablarni buzganligini tushuntirgan. Mazkur holat haydovchi tomonidan video tasvirga olingan bo`lib, internet ijtimoiy tarmoqlariga tarqatilgan. Hozirgi vaqtda ushbu video lavhada tasvirlangan holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.






