AsosiyJamiyat

Buxoroda bog`cha mudirasi 250 AQSh dollari bilan ushlandi

'Buxoroda bog`cha mudirasi 250 AQSh dollari bilan ushlandi'ning rasmi

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Buxoro viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida 27 fevral kuni soat 15:20 larda Buxoro shahrida joylashgan maktabgacha ta`lim muassasasi mudirasi 34 yoshli R.F. jinoyat ustida qo`lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

U muassasa oshpazi F.E.ning jiyani D.M.ni tarbiyachi vazifasiga ishga qabul qilish evaziga 250 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan R.F.ga Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar