AsosiyJamiyat

Farg`onadagi inspektor va haydovchi tortishuvida kim haq?

'Farg`onadagi inspektor va haydovchi tortishuvida kim haq?'ning rasmi

Joriy yilning 2 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Bu erda kim haq?” sarlavhasi ostida video lavha tarqalgan edi.  Farg`ona viloyatida yo`lovchi tomonidan olingan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video lavha yuzasidan Farg`ona viloyati IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

Farg`ona viloyati IIB YHXB YPX inspektori A.Obidov joriy yil 2 mart kuni 4R-112 "Farg`ona xalqasi" avtomobil yo`lida mobil komplekslar o`rnatilgan “Neksiya-3” rusumli transport vositasida taqsimot asosida xizmat olib borgan. Xizmati davomida haydovchi D.M. “Neksiya” rusumli transport vositasida harakatlanib kelib to`xtagan. Avtomashinadan haydovchi emas yo`lovchi F.E. tushib kelgan va o`zining shaxsiy uyali aloqa vositasiga videotasvirga olib, inspektorni yo`l belgisi o`rnatilmagan hududda xizmat olib borishda ayblagan. Yo`lovchi F.E. ushbu video lavhani ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Holat o`rganilganda, YPX inspektori 3.24-“Yuqori tezlik cheklangan” va 5.43-“Radar” yo`l belgilari ta`sir doirasida xizmat olib borganligi ma`lum bo`ldi.

YPX inspektorining yo`lovchi F.E. bilan qilgan muloqoti yuzasidan Farg`ona viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar