Prezident “2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Transport vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimida tashuvchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo`llashni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga:
- yuk tashishni amalga oshirishning boshlanishi to`g`risida xabardor qilish va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarini “onlayn” ro`yxatdan o`tkazish tartibini joriy etish orqali avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashishni amalga oshirish;
- jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yo`lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo`nalishlar bo`yicha tashish huquqini berish bo`yicha takliflarni kiritadi.
Bir so`z bilan aytganda esa jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yo`lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo`nalishlar bo`yicha tashish huquqini berish mo`ljallanmoqda.






