Joriy yilning 1 mart kuni soat 23:30 larda Toshkent shahar YPX inspektorlari N.Jumanazarov va A.Almenqulovlar Bunyodkor-Cho`lponota ko`chalari ustidan o`tgan Ko`prikda “Yo`l harakati qoidalari”ning 1.1 yo`l chizig`ini bosib harakatlanib kelgan oq rangli “Spark” haydovchisini o`rnatilgan tartibda to`xtatishgan.
“Spark” rusumli avtomashina haydovchisi O.M. avval avtomashinasini to`xtatib, keyin YPX inspektorlarining qonuniy talabiga bo`ysunmay orqaga qarab haydagan. Haydovchi shubha uyg`otganligi sababli YPX inspektorlar qoidabuzar haydovchini kuzatib borishgan.
Haydovchi “Bunyodkor” ko`chasining qarama-qarshi tomoniga avtomashinasining orqa tomoni bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida ushbu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir qilgan.
Ushbu holatni ko`rgan YPX inspektorlari voqea joyiga etib borganlar va YTH yuzasidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib qonuniy chora ko`rilgan. “Spark” rusumli transport vositasi o`rnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.






