AsosiyJamiyat

Tabiiy gazni talan-taroj qilish holati ortidan "O`zbekneftgaz" boshqarmasi rahbari o`rinbosari ishdan ketdi

'Tabiiy gazni talan-taroj qilish holati ortidan "O`zbekneftgaz"  boshqarmasi rahbari o`rinbosari ishdan ketdi'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi tizimdagi korrupsiyaning oldini olishda huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlik yo`lga qo`yildi. 

Natijada esa Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gazning talon-taroj qilinayotgani hamda undan hech qanday hujjatlarsiz o`zboshimchalik bilan foydalanilayotgani holati fosh etildi.

2020 yil 26 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro buyurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamda “O`zbekneftgaz” AJning “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” xodimlari hamkorligida o`tkazilgan o`rganish davomida Muborak tumani “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli Gazni xo`jalik hisoblash tizimi hududi atrofida joylashgan “IDEAL GRANT BINOKOR” MChJ rahbari U.Qurboniyozov ishtirokida jamiyatga qarashli issiqxona tekshirildi.

Issiqxonadagi tabiiy gazdan foydalanish holatlari bo`yicha olib borilgan tekshiruvda hech qanday hujjatlarsiz o`zboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ushbu holat bo`yicha keltirilgan zarar miqdorlari hisob-kitob qilinib  “IDEAL GRANT BINOKOR” MChJdan davlat foydasiga undirish va tegishli chora ko`rish uchun Prokuratura organiga kerakli ma`lumotlar taqdim etildi. 

Yuqoridagi noqonuniy holatni vaqtida nazorat qilmagani va uning kelib chiqishini oldini olmagani, e`tiborsizligi, etarlicha nazorat qilmaganligi tufayli “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” rahbari o`rinbosari - bosh muhandis egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Hozirda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) tartibida dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda va “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” rahbari o`rinbosari-bosh muhandisining ushbu “jinoyat”ga aloqadorligi holati tegishli tartibda o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar