AsosiyJamiyat

O`zbekiston TIVda Xitoy elchisi qabul qilindi

Bugun, 23 mart kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Liszeni qabul qildi, deya xabar beradi TIV rasmiy sayti.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari hamda Prezident Islom Karimovning 2014 yilning avgust oyida Xitoyga uyushtirgan davlat tashrifi chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida turli shakllardagi muntazam O`zbekiston-Xitoy muloqoti doirasidagi bo`lajak uchrashuvlar jadvaliga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar