AsosiyJamiyat

Talabalarning kontrakt pulini to`lash muddati 20 martga qadar uzaytirildi

'Talabalarning kontrakt pulini to`lash muddati 20 martga qadar uzaytirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoni bilan 2019/2020 o`quv yilining birinchi yarim yili uchun to`lov-shartnoma shartlarini bajarish muddati uzaytirildi. 

Unga ko`ra, 2019/2020 o`quv yilida:

OTMlar bakalavriat ta`lim yo`nalishlari (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta`lim shakllari)ga hamda magistratura mutaxassisliklariga to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qish istagini bildirgan) abiturientlar;

o`qishi ko`chirilgan va qayta tiklangan talabalar;

xorijiy fuqarolar o`qishi uchun to`lov-kontrakt mablag`larini birinchi yarmini o`tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so`nggi muddati 2020 yil 20 mart (shu kuni ham kiradi) etib belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar