22 mart kuni poytaxtning Yakkasaroy tumani hududida Lacetti va Nexia avtomashinalari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.Voqea joyidan olingan suratlar Feysbuk ijtimoiy tarmog`iga “Voditeli Tashkenta” guruhi vakillari tomonidan joylashtirilgan, deb yozadi 12news.uz nashri.
Hodisaga guvoh bo`lgan yo`lovchi quyidagilarni bayon etadi: “Ertalab svetofor yonida turgan edim. Svetoforning qizil chirog`i yonib turishiga qaramay 4 ta mashina to`xtamay o`tib ketaverdi. Piyodalar o`tishiga ham qaramasdan, 3- 4 ta mashinalar hattoki to`xtashga ham urinishmadi. Bu kabi qoidani qo`pol buzish mumkinmi va bu nimaga olib kelishi mumkin, deb o`ylab qoldim. Afsuski, ko`p vaqt o`tmasdan mazkur YTHning guvohi bo`ldim”.
YTHning boshqa tafsilotlari berilmagan.





