"Diplomatik yoki rasmiy pasporti egalari bo`lgan Yaponiya fuqarolariga O`zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish to`g`risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, 2020 yil 1 martdan paritet asosda Yaponiya TIV tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo`lgan Yaponiya fuqarolari:
• O`zbekistonda diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish va Yaponiya Hukumati vazifalarini bajarish bilan bog`liq bo`lgan, shu jumladan ular bilan doimiy yashaydigan oila a`zolari uchun O`zbekistonda bo`lish muddatiga;
• boshqa maqsadlarda 90 kungacha O`zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.
Vizasiz kirish tartibi O`zbekistonga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga tatbiq etilmaydi.