1

Qashqadaryoda sudya sud zalida blogerni 15 sutkaga qamatish bilan tahdid qildi (Video)

Jamiyat 04.03.2020, 15:24
Teglar: Video
Qashqadaryoda sudya sud zalida blogerni 15 sutkaga qamatish bilan tahdid qildi (Video)

Bugun Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar ma`muriy sudida Avtobloger Maqsud Muzaffarovning ishi ko`rib chiqildi. Sud ishini yoritish uchun tashrif buyurgan “Yakkabog`24” sahifasi blogeri Komil Faxriddinov shaxsini tasdiqlovchi hujjat tariqasida yangi tartibdagi avtomobil guvohnomasini ko`rsatgan. Huquq-tartibot xodimlari esa, uni tekshirib, sud zaliga kirishi uchun ruxsat bergan.

Sud boshlanishi arafasida sudya Qilichov Baxtiyor blogerga "Avtomobil guvohnomasi bilan kirish mumkin emas, chiqib keting", deb aytgan. Vaholanki, avtomobil guvohnomasi ham shaxsni tasdiqlovchi hujjat qatoriga kiradi va u bilan bemalol sud zaliga tashrif buyurish mumkin. Bloger bu holat haqida o`z telegram kanalida batafsil yozib chiqishini aytib, sud zalidan chiqib ketayotganida, sudya huquq tartibot xodimlariga blogerni ushlashni buyuradi. Keyin esa blogerni sudga bosim o`tkazishda ayblab, 15 sutkaga qamatish bilan qo`rqitadi. Avtobloger Maqsud Muzaffarovga esa "Sen blogerlarni olib kelib, sudga nisabatan bosim qilmoqchi bo`lding. Javobgarlikka tortilasan", deb aytadi.

Bundan tashqari sudya janoblari Maqsud Muzaffarovning YPX hodimiga qarshi kiritgan da`vo arizasini ko`rib chiqishni ochiq tarzda rad etgan. Sudyalar uchun alohida qonun joriy qilinganmi? Bu holat bo`yicha izoh kutib qolamiz.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1