AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda “Qishloqqurilishbank” va “Agrobank” mansabdorlari yuzlab fuqaro nomiga imtiyozli kreditlar rasmiylashtirib, “hazm qilib yuborishdi”

'Qashqadaryoda “Qishloqqurilishbank” va “Agrobank” mansabdorlari yuzlab fuqaro nomiga imtiyozli kreditlar rasmiylashtirib, “hazm qilib yuborishdi”'ning rasmi

Chiroqchi va Mirishkorda imtiyozli kredit-mablag`larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Qishloqqurilishbank” Ko`kdala filiali mansabdor shaxslari va boshqalar, bank filialidan 2019 yilda 119 nafar fuqarolar nomiga chiqarilgan 1,4 mlrd so`m imtiyozli kredit mablag`larini hujjatlarni soxtalashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Mirishkor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Agrobank” Mirishkor filialida boshqaruvchi lavozimida ishlagan R.J. va boshqalar, imtiyozli kredit mablag`larini ajratish uchun soxta shartnomalar tuzishib, jami 52 nafar fuqarolarga ajratilgan 925,1 mln so`m imtiyozli kredit mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar