Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining (JSST) ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi bir kun ichida dunyoda 2223 ta koronavirus COVID-19 kasalligi qayd etilgan. Shundan 120 ta holat Xitoyda qayd etilgan.
Dunyoda 93090 ta yangi koronavirus yuqtirish holatlari tasdiqlangan, ulardan 80422 tasi Xitoyda va 12668 tasi undan tashqarida. Bugungi kunga qadar Xitoyda 2984 kishi, uning tashqarisida 214 kishi vafot etgan, deb xabar beradi TASS.






