AsosiyDunyo

Janubiy Koreyadada kuchli portlash bo`ldi

'Janubiy Koreyadada kuchli portlash bo`ldi'ning rasmi

Koreya Respublikasida kimyo zavodida portlash yuz berdi, jabrlanganlar 56 kishiga etdi, deb xabar tarqatgan Ryonxap axborot agentligi.

Kecha tunda Seul shahridan 120 chaqirim narida Sosan shahridagi Lotte Chemical korporasiyasiga qarashli zavodda ro`y bergan portlash yong`in keltirib chiqargan. Hodisa neft mahsulotlarining yonishi oqibatida yuzaga kelgan, hech kim zaharlanmagan, deyiladi xabarda.

Portlash kuchidan 30 kilometr uzoqlikdagi binolar ham zarar ko`rgani aytilmoqda. Jabrlanganlar orasida nafaqat zavod ishchilari, balki tevarak-atrofdagi uylarda yashaydigan odamlar ham bor.

    Boshqa yangiliklar