AsosiyJamiyat

Seuldan charter reys amalga oshiriladi. Keladiganlarni kutib olmaslik so`ralmoqda

'Seuldan charter reys amalga oshiriladi. Keladiganlarni kutib olmaslik so`ralmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti topshirig`iga ko`ra tuzilgan hukumat qaroriga asosan 2020 yilning 8 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi HY3553/3554 raqami bilan Seulga charter reys uyushtiradi.

Chiptalar olish bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi vakolatxonalariga murojaat qilish mumkin.

“Mazkur reys Janubiy Koreya hududida koronavirus tarqalish holati murakkablashishi bilan bog`liq. Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda barcha reyslarda kuchaytirilgan xavfsizlik choralari qo`llanadi. Barcha bortlarda virusologiyaga ixtisoslashgan, zamonaviy tashxis qo`yish uskunalari bilan qurollangan tibbiy xodimlar individual himoyalanish vositlari hamda dori vositalari bilan hozir-nozir bo`ladilar.

Bu reysning barcha yo`lovchilari etib kelganlaridan so`ng vaqtincha joylashuv punktlariga jo`natiladilar. Shu bois ularni Toshkent xalqaro aeroportida kutib olishga chiqmaslik so`raladi. Samolyotning etib kelish vaqti haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Yo`lovchilarning vaqtincha joylashuvlari haqida ma`lumot olish uchun O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi shtabiga +998 (71) 276-49-66 raqami orqali bog`lanish mumkin” – deyiladi e`londa.

Eslatib o`tamiz, avvalroq,  Seuldan Toshkentga uchadigan aviareyslar jadvali e`lon qilingandi.

    Boshqa yangiliklar