Italiyaning barcha maktablari va universitetlari 5 martdan 15 martgacha yopildi. Bu koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi, dedi 4 mart kuni Ta`lim vaziri Lusiya Azzolina. Bu haqda tarjimon sayti xabar bermoqda.
«O`quvchilar iloji boricha tezroq maktabga qaytadilar, deb umid qilaman. Mening vazifam uzoq masofadan bo`lsa ham barcha talabalarimizga muhim bo`lgan ta`lim berishni ta`minlashdir», dedi Azzolina bosh vazir Juzeppe Konte bilan suhbatda.
Fuqaro muhofazasi agentligining 4 martdagi ma`lumotlariga ko`ra, Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni bir kunda 28 taga ko`paydi va 107 taga etdi. Jami kasallanganlarning soni 3,090 tani tashkil etmoqda. Seshanba kuni bu raqam 2,502 ta edi.
Bosh Vazir Konte hukumat virus bilan kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini aytdi hamda infeksiyalangan odamlarning ko`pligi sababli tibbiy xizmatda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini qo`shimcha qildi.






