JKning 168-moddasi 3-qismida qo`rsatilgan firibgarlik jinoyatini sodir qilib, tergov organlaridan yashirinib yurgan shaxs Buxoro viloyati IIB xuzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2019 yil dekabr oyida qidiruv e`lon qilingan edi. G`ijduvon tumani F.Xo`jaev ko`chasida ro`yxatda turuvchi, 1985 yilda tug`ilgan Mansurov Akmal Azimovich Buxoro va Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Navoiy shahrida qo`lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Hozirda fuqarolar 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.






