AsosiyJamiyat

Faxr. O`zbekistonlik talaba Rossiyada AQSh fuqarosini o`limdan qutqardi (video)

'Faxr. O`zbekistonlik talaba Rossiyada AQSh fuqarosini o`limdan qutqardi (video)'ning rasmi

O`zbekistonlik  22 yoshli Jasurbek Rajabov Volga daryosida cho`kib ketayotgan AQSh fuqarosi va uning 7 yoshli o`g`lini qutqarib qolgani uchun taqdirlandi. Effekt axborot agentligi bu xabarni shunday yozmoqda.

"Jasurbek Rajabov ayni vaqtda Volgograddagi Agrar universitetida tahsil oladi. U daryoda cho`kib ketayotgan bola va uning otasini o`limdan qutqarib qolgan edi. Ota-bola AQShning Filadelfiya hududidan bo`lib, ularni qutqarib qolgani uchun Jasurbekka maxsus medal topshirildi"

Ma`lumot o`rnida:

Bu Jasur Rajabovning Volgogradda amalga oshirgan birinchi qahramonligi emas: u avvalroq shu erlik ayollardan biriga Volga bo`yida yoqolib qolgan 5 yashar bolani topishga yordam bergandi.

    Boshqa yangiliklar