AsosiyJamiyat

Taniqli adib Isajon Sulton Innovasion rivojlanish vazirining davlat tili bo`yicha maslahatchisi etib tayinlandi

'Taniqli adib Isajon Sulton Innovasion rivojlanish vazirining davlat tili  bo`yicha maslahatchisi etib tayinlandi'ning rasmi

Isajon Sultonov Innovasion rivojlanish vazirining Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash masalalari bo`yicha maslahatchi etib tayinlandi.  Bu haqda vazirning matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma`lumot uchun: “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik”, “Bilga Xoqon” romanlari, “Munojot”, “Onaizorim”, “Robiya Balxiy” kabi qissalar va turli mavzudagi hikoyalar muallifi. Asarlari ingliz, turk, nemis, rus tillariga tarjima qilingan. “Boqiy darbadar” romani "The Eternal Wanderer" nomi bilan AQShda, “Bog`i Eram” hikoyalar to`plami Turkiyada nashr qilingan. Asarlari "Vatan uchun yashaylik" (O`zbekiston), “Lexicon” (AQSh), “Guncel Sanat” (Turkiya) va “Open Eurasia” (Angliya) xalqaro tanlovlari g`olibi deb topilgan.

1996 yilda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi bo`lgan. 2014 yilda esa  “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” bo`lgan.

 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi a`zosi.

    Boshqa yangiliklar