«Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi mutaxassisning fikri tez orada tabiiy gaz narxi yana oshirilishiga ishora qilishini aytdi. Uning bildirishicha, O`zbekiston gaz uchun ichki narxni jahon bozori darajasiga etkazmay, investorlarni jalb etishi pirovard maqsadga etishtirmaydi. Negaki, investor quyi narxlar bilan kiritgan sarmoyadan foyda ko`rmaydi.
Hukumat qaror loyihasida 2020−2025 yillarda O`zbekistonda tabiiy gaz zaxiralarining ortishi 361 mlrd kub metrga, neft esa 20,4 million tonnaga etishi mumkinligi bildirilgandi. Shuning bilan, hukumat Markaziy Osiyoda gaz habini yaratish va birja bozorini rivojlantirishni ko`zlagan.
Ammo bosh prokuror Nig`matulla Yuldashev ma`lumoti bo`yicha, bir hafta davomida 41ta holatda 28 mlrd so`mlik (2,94 mln dollar) tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlangan. Ya`ni soha bir vaqtning o`zida korrupsiya, talon-toroj qilishlar hamda samarasiz boshqaruv tizimi bilan kurashmoqda.
Oxirgi marta tabiiy gaz uchun ichki narx 2019 yil 15 avgustda oshirilgan. Ayni paytda aholiga etkazib berilayotgan 1 kub metr tabiiy gazning bahosi hisoblagich bo`lganda 380 so`mni tashkil etadi. Hisoblagich bo`lmaganda ovqat pishirish yoki sovuq suvni isitish uchun ishlatiladigan gazning narxi 660 so`m, xonani isitish uchun esa 380 so`m etib belgilangan.






