AsosiyJamiyat

O`zbek olimlari tomonidan g`o`za navlarining viltga chidamliligini aniqlash usuli ixtiro qilindi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan “G`o`za navlarining viltga chidamliligini aniqlash usuli” ixtiro qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy sayti xabar beradi.

Mazkur ixtiro qishloq xo`jaligi, xususan seleksiya, urug`chilik va o`simlikshunoslik sohasi uchun mo`ljallangan.

Qisqa vaqt mobaynida (10-12 kun) immunoferment tahlil (IMT) metodi bilan vilt qo`zg`atuvchilar konidiyalari bilan zararlantirilgan etiollashtirilgan chigit nishlari ekstraktlarida xitin-spesifik peroksidaza miqdorini aniqlash asosida g`o`za navlarining viltga chidam-liligini aniqlash usulini ishlab chiqish ixtironing vazifasidir.

Hammualliflar N.RXashimova, A.A.Axunov, E.A.Pshenichnov, V.A.Avtonomov va Sh.B.Amanturdievga mazkur ixtiro uchun № IAP 05005 raqamli patent berildi.

    Boshqa yangiliklar