Korporativ transformasiyalar bo`yicha Osiyo taraqqiyot banki maslahatchisi Arild Dirsert O`zbekistonda tabiiy gaz narxining pastligi soha rivojiga to`siq ekanini qayd etdi. Uning «O`ztransgaz» kompaniyasi axborot xizmatiga bergan intervyusida shu haqda ta`kidlangan.
«Tabiiy gaz uchun ichki narxning past ekani gazdan samarasiz ko`p foydalanishni rag`batlantirmoqda va gaz etkazib berish uchun talab etiladigan investisiyalar, gazotransport tizimni xavf ostiga qo`ymoqda. Bu vaziyat eskirgan gazotransport infratuzilmasini bugun zudlik bilan zamonaviylashtirishni talab etadi», — deya fikr bildirgan norvegiyalik mutaxassis.
Shuningdek Arild Dirsert, O`zbekiston hukumati mamlakatdagi tabiiy gaz sektori manfaatdor tomonining roli va strukturasini sohaga moslashtirib borsa, erkin gaz bozorida kuzatilganidek, mamlakatning o`ziga foyda bo`ladi. Shuningdek, tabiiy gaz sektorida o`sish bo`ladi.
Arild Dirsert «O`ztransgaz» moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi uchun kompaniya xizmat funksiyalari bo`yicha bo`linishi zarurligini aytdi. U gaplarini qayta tashkil etilgan «O`zbekneftgaz» misolida tushuntirdi. Qolaversa, gaz qazib chiqaruvchilar o`z mahsulotini erkin bozorda sotish imkoniyatiga ega bo`lishi ta`kidlandi.