Joriy yilning 21 fevral kuni 12 avtobus saroyi tasarrufidagi 130 yo`nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi M.U yo`lovchi tashish qoidalarini buzib, yo`nalishli taksi transport vositasi bilan poyga o`ynagan. Haydovchining avtobusni to`xtatishdagi keskin harakati natijasida yo`lovchi R.K yiqilib, jarohatlangan. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" matbuot xizmati xbar bermoqda.
Ushbu ko`ngilsiz voqea ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga sabab bo`ldi.
Avtobus haydovchisi yo`lovchi olib yurish tartib-qoidalarini qo`pol ravishda buzganligi uchun unga nisbatan Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan bayonnoma tuzildi. Undan tashqari oylik maoshi hisobidan jarimaga ham tortildi.
Bundan tashqari 1-avtobus saroyi tasarrufidagi 15-yo`nalishda chiptachi bo`lib ishlovchi K.F harakat vaqtida avtobus salonida tamaki mahsuloti iste`mol qilgani uchun oylik maoshidan jarima to`laydigan bo`ldi.
Agar siz ham jamoat transporti, xususan, avtobuslarda ko`ngilsiz holatlar va voqealarga guvoh bo`lsangiz bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJning 1062-ishonch telefoniga xabar berishingiz mumki.






