AsosiyJamiyat

Toshkentdan Ufaga ketayotgan poezddagi holat ishchi tomonidan internetda tarqatildi. Ish o`rganilmoqda

'Toshkentdan Ufaga ketayotgan poezddagi holat ishchi tomonidan internetda tarqatildi. Ish o`rganilmoqda'ning rasmi

Kecha, 5 mart kuni Toshkent-Ufa-Toshkent yo`nalishida harakatlanuvchi poyezdning vagon kuzatuvchisi Yoqub Sattorov o`zi faoliyat ko`rsatayotgan vagondagi holatni tasvirlab telegramm kanallarida videolavha tarqatgan. Ushbu holatni atroflicha o`rganib chiqish uchun “O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati boshchiligida maxsus tezkor xizmat surushtiruv ishchi guruhi tuzildi, deya ma`lum qildi jamiyat Matbuot xizmati.

“Shuni alohida ta`kidlash joizki, barcha yo`lovchi poyezdlar reysga chiqish oldidan va reysdan kelgandan keyin texnik ko`rikdan o`tkaziladi va mavjud kamchiliklar bartaraf qilinadi. Barcha yo`nalishlarda harakatlanuvchi yo`lovchi poyezdlar vagon kuzatuvchilari reysga ketish oldidan o`zi uchun ajratilgan vagonni ko`zdan kechirib, belgilangan talablarga javob beradigan taqdirda qabul qilib olishi va tegishli hujjatlarga vagonni kamchiliklarsiz qabul qilib olganligi to`g`risida imzo chekib olishi lozim. 

Video lavhada fikr bildirgan vagon kuzatuvchisi ayni kunda navbatdagi reys bilan xizmatda bo`lganligi bois, mazkur poyezd Toshkentga kelishi bilan tuzilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan holat atroflicha o`rganib chiqilib, surushtiruv natijalari haqida yana qo`shimcha ma`lumotlar e`lon qilinadi", — deyilgan rasmiy munosabatda.

    Boshqa yangiliklar