1

TIV epidemiya avj olgan Italiyada qancha o`zbekistonlik borligini ma`lum qildi

Jamiyat 06.03.2020, 18:37
Teglar: TIV, Italiya
TIV epidemiya avj olgan Italiyada qancha o`zbekistonlik borligini ma`lum qildi

TIV epidemiya avj olgan Italiyada qancha o`zbekistonlik borligini ma`lum qildi.

Italiya hududida COVID-19 koronavirus tarqalishi munosabati bilan O`zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning a`zolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo`lib turilibdi.

O`zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Nashi student v Italii” va “Tashkent-Torino-2019/2020” ochildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.

2020 yil 6 mart kuni ertalabki holatga ko`ra Italiyada O`zbekiston fuqarolari orasida virusni yuqtirganlar qayd etilmagan.

Elchixonaning ma`lum qilishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda O`zbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegasiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa ko`chirildi, Italiyaning qator etakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatga tashriflari qoldirildi.

So`nggi bir kun ichida Italiyada 2019-nCoV koronavirus oqibatida 41 kishi vafot etib, mamlakatda kasallik qurbonlarining umumiy soni 148 kishiga etdi. Mamlakatda 3 mingdan ortiq kishi kasallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1