1

Mahallalar kambag`allikka qarshi kurashishni boshladi

Jamiyat 06.03.2020, 19:05
Mahallalar kambag`allikka qarshi kurashishni boshladi

Mahalla va oilani qo`llab quvvatlash vazirligi allaqachon yangi vazifalariga bel bog`lagan. Tumanlarda yashovchi oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy darajasini o`rganish, ijtimoiy holatini yaxshilash va farovonligini oshirish bo`yicha savolnoma tuzilib, vazirlikning rasmiy telegram kanaliga joylashtirildi. Unda aholini quyidagi toifalarga ajratish orqali kambag`allik darajalarini aniqlab, uni bartaraf etish choralari ko`riladi:

  • Ijtimoiy holati yaxshilanadigan oilalar soni, ularning daromadi. Bunda Oilalar soni, Ajrashgan oilalar soni, Jami oilalardagi ulushi, Oilaning oylik daromadi, Oylik daromadining odam boshiga o`rtacha ulushi, Ko`p qavatli uylarda yashovchilari soni hisobga olinadi.
  • Ijtimoiy holati yaxshilanadigan oilalarda yashovchilar  va mehnatga layoqatlilar. Bunda oilalardagi voyaga etmaganlar (0 yoshdan 18 yoshgacha) soni, uyushmagan va uyushgan yoshlar  (19 yoshdan 30 yoshgacha) soni, pensionerlar soni, nogironlar soni, uzoq muddat chet el davlatlariga ish izlab ketgan fuqarolar coni hisobga olinadi.
  • Mehnatga layoqatli aholi soni. Bundaish bilan ta`minlangan va ishsiz aholi soni hisobga olinadi.
  • Jazo muddatini o`tayotganlar soni. Shundan erkaklar va ayollar;
  • Uylanish yoki turmush qurish yoshidagilar (18-30 yosh). Shundan o`g`il va qiz bolalar ham hisobga olingan

Bundan tashqari:

Oilani ijtimoiy holatini yaxshilash va farovonligini oshirishda 16 foizli kredit oluvchilar soni, shundanqoramol oluvchilar soni, parranda boquvchilar soni, issiqxona quruvchilar soni, kichik tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchilar  sonini aniqlash bo`yicha takliflar. Bunda ishga joylashtiriladigan aholi soni, kasb o`rganish uchun o`qish istagi bor aholi soni, dehqonchilik bilan shug`ullanuvchilar soni hisobga olinadi.

Mahallada yashovchi oilalarni ijtimoiy holatini yaxshilash va farovonligini oshirish bo`yicha bo`sh turgan binolar, er maydonlari va tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha maqsadida ishlab chiqarishni kengaytirish bo`yicha takliflar ishlab chiqilishi ham nazarda tutilgan. 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1