1

Farg`onada 3 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar va og`ir ahvoldagilar bor

Jamiyat 06.03.2020, 19:28
Farg`onada 3 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar va og`ir ahvoldagilar bor

Bugun, 6 mart kuni soat taxminan 08:00da, Farg`ona shahar Quva ko`chasida 62 yoshli fuqaro S.C., o`z boshqaruvida bo`lgan, “ISTANA” rusumli mikroavtobusni Farg`ona shahar markazi tomondan, Quva tumani markazi tomonga boshqarib ketayotgan paytda, shu ko`chadagi 234-uy oldida, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, qarshisida harakatlanib kelayotgan 21 yoshli fuqaro F.S., boshqaruvidagi “LACETTI-2” rusumli hamda uning ortidan harakatlanib kelayotgan 27 yoshli D.N., boshqaruvida bo`lgan “NEXIA-1” rusumli avtomashinalar bilan to`qnashib ketgan.

            Oqibatda, “NEXIA-1” rusumli avtomashina haydovchisi D.N., “ISTANA” rusumli mikroavtobus haydovchisi S.S., Farg`ona viloyat tez-tibbiy yordam ko`rsatish markazining jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Bundan tashqari, YTH vaqtida mashinalarda bo`lgan 5 nafar shaxslar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

            Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergovga kirishilgan.

            Farg`ona viloyati IIB taqdim etgan ushbu xabarda marhumlarning oila a`zolariga ham chuqur hamdardlik bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1