AsosiyJamiyat

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

'Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Olimjon Isaev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi, deya xabar qildi viloyat hokimligi Matbuot xizmati.

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Sessiya ishida Prezident maslahatchisining o`rinbosari Umar Ismoilov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Shu paytgacha “O`zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo`lib ishlab kelgan Olimjon Isaev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi.

Olimjon Isaev 1972 yili Namanganda tug`ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Namangan davlat universitetini tamomlagan.  

Namangan shahridagi “Ifoda agro kimyo himoya” korxonasi direktori, viloyat fermerlar kengashi raisi, “Mexmash” MChJ kuzatuv kengashi raisi vazifalarida ishlagan. 2018-yil may oyidan beri  “O`zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruviga raislik qilib kelayotgandi.  

Eslatib o`tamiz, Namangan shahrining sobiq hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov kecha, 5-mart kuni  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar