1

Zoyir Mirzaev yordami bilan 30 yildan beri sarson bo`lgan onaxonning orzusi amalga oshdi

Jamiyat 06.03.2020, 20:20
Zoyir Mirzaev yordami bilan 30 yildan beri sarson bo`lgan onaxonning orzusi amalga oshdi

Chiroqchilik onaxonning orzusi bayram arafasida amalga oshdi, endi qizi Zamira toza havoda sayr qiladigan bo`ldi. Buning sababini Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

1991 yilning 2 mart kuni Chiroqchi tumani F.Xo`jaev hududida tavallud topgan Eshboeva Zamiraning onasi joriy yilning xuddi shu kunida viloyat hokimi Zoyir Mirzaevga nogironlik aravachasi so`rab murojaat qilgan edi. 

Murojaatda onaxon chekka qishloqda og`ir sharoitda istiqomat qilishi, bolalikdan nogiron qizi uchun bir necha tashkilotlarga yillar davomida xat bilan chiqsa ham 30 yildan buyon sarsonligini bildirgan edi. Onaxonning murojaati tez orada hal etilib, nogironlik aravachasi va viloyat hokimining bayram sovg`alari ularga etkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1