1

Prezident “Bayram” munosabati bilan 83 nafar ayolni afv etdi

Jamiyat 06.03.2020, 20:41
Prezident “Bayram” munosabati bilan 83 nafar ayolni afv etdi

“Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan bir guruh mahkuma ayollarni afv etish to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq jazo muddatini o`tayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.

Afv etilgan ayollarning 12 nafari jazodan to`liq ozod qilinadi, 29 nafari jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 17 nafariga tayinlangan jazo engilroq jazo bilan almashtiriladi.

Bir so`z bilan aytganda, 58 nafar ayol jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda. 

Shuningdek, 25 nafar mahkuma ayolga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 7 nafarini chet el fuqarolari tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1