1

SSV: O`zbekistonda koronavirusga qarshi qat`iy choralar ko`rilib, nazorat kuchaytirildi

Jamiyat 06.03.2020, 21:35
SSV: O`zbekistonda koronavirusga qarshi qat`iy choralar ko`rilib, nazorat kuchaytirildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatimizga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan videoselektor yig`ilishini o`tkazdi.

Yig`ilishda Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov koronavirus infeksiyasining O`zbekistonga chetdan kirib kelishining oldini olish bo`yicha tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo`lgan  vazifalar va belgilangan chora - tadbirlar haqida to`xtalib o`tdi.

Shuningdek, jahondagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda yurtimizda yuqumli kasalliklar, jumladan, koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktlarida qat`iy nazorat o`rnatish, bunda mutasaddi vazirlik va idoralarining yanada hushyorligini oshirish va tezkor ehtiyot choralarini ko`rish masalalari yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. 

Bo`lib o`tgan videoselektorda chegara-bojxona postlariga qo`shimcha ravishda tegishli soha mutaxassislarini ajratib, ular tomonidan kasallik qayd etilgan mamlakatlar bilan bir qatorda uchinchi davlatlar orqali kelayotgan fuqarolarni yashash manzillarini aniq belgilab, ularni uyda yoki yotoq joylarida 14 kunlik karantinga olish tadbirlari qat`iy olib borilayotganligi ta`kidlandi.

Eslatib o`tamiz, shu kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq biror holat qayd etilmadi. Yurtimizda ushbu infeksiyaga qarshi zarur barcha ehtiyot choralari ko`rilmoqda. Nazorat har qachongidan ham kuchaytirilgan. Shuning uchun vazirlik aholidan ortiqcha xavotirga tushmagan holda shaxsiy gigiena qoidalarga qat`iy rioya qilib, o`zini va yaqinlarini himoya qilishlarini, alohida zarurat bo`lmaganda esa xorijga vaqtinchalik chiqmasliklarini tavsiya qilib qoladi, deyilgan Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabarida. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1