1

Buxoroda haydovchi boshqalarga yaxshilik qilaman deb, o`ziga muammo orttirdimi? Ish o`rganilmoqda

Jamiyat 06.03.2020, 22:03
Buxoroda haydovchi boshqalarga yaxshilik qilaman deb, o`ziga muammo orttirdimi? Ish o`rganilmoqda

Bugun, 6 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Boshqalarga yaxshilik qilaman deb shopir o`ziga muammo orttirib oldi” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqatildi. Ushbu tasvirdagi holvt yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati tekshiruv boshlanganini ma`lum qildi.

Keltirilishicha, Buxoro viloyati IIB YHXB YPXO 3-safarbar guruhi YPX inspektori M.Jumaev joriy yil 23 fevral kuni belgilangan taqsimotga asosan M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo`lining Vobkent tumanidan o`tuvchi 244-248 km.dagi “Chorbog`kent” aholi yashash punktiga “Autocom” tezlik o`lchash moslamasi bilan xizmatga jalb qilingan.

Shu kuni soat 12:00 larda “Buxoro-G`ijduvon” yo`nalishida harakatlanib kelgan “Kobalt” rusumli transport vositasi yo`lovchisi M.M. avtomashinadan tushib, YPX inspektori M.Jumaev bilan tezlik o`lchash moslamasining to`g`ri o`rnatilgan yoki yo`qligi bo`yicha suhbatlashgan. Yo`lovchi va xodim o`rtasida bo`lib o`tgan suhbat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1