1

“O`zbekneftgaz" dizel yoqilg`isining narxi pasaytirilgani haqida xabar berdi

Jamiyat 07.03.2020, 09:33
“O`zbekneftgaz" dizel yoqilg`isining narxi pasaytirilgani haqida xabar berdi

Dizel yoqilg`isining narxi birjada dizel yoqilg`isini sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan kamaytirilgan. Joriy yilning 1 mart kunidan boshlab AYoQShlardagi dizel yoqilg`isining narxi 7500 so`mdan 7300 so`mga pasaytirildi, deyiladi kompaniya xabarida.

Odatda, narx talab va taklif o`rtasidagi muvozanat nuqtasida belgilanadi, - deydi “O`zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” MChJ direktori Mirzohid Musaev. - Mahsulot narxini pasaytirish talabni oshiradi va taklifni kamaytiradi. Bundan tashqari iste`molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birjada dizel yoqilg`isini sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan dizel yoqilg`isining narxi kamaytirildi. Bu bilan ushbu mahsulotni sotish hajmini oshirishga erishamiz“.

Kompaniyaning xabar berishicha, korxona yaqin kunlarda yuqori sifatli Ai-95 markali benzinni aholiga sotishni rejalashtirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1