AsosiyJamiyat

"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunga o`zgartish kiritiladi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda qonunchilik palatasining axborot xizmati ma`lumotlari asosida uz24.uz xabar beradi.

"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonun 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan bo`lib, bu yo`nalishdagi ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega.

Mazkur qonun asosida mamlakatimiz faunasini muhofazalash, hayvonot olamidan oqilona foydalanish, populyasiyasini qayta tiklash va jonzotlarning yashash muhitini saqlab qolish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada ekologik muhit barqarorligini ta`minlash, noyob hayvonlar turlarini asrash va ko`paytirish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kengaytirilmoqda.

Sayyoramizda kechayotgan global ekologik jarayonlar, tabiatga texnogen va antropogen ta`sirlar kuchayayotgani bu yo`nalishdagi ishlar ko`lamini yanada kengaytirishni taqozo etmoqda. Ushbu hayotiy zaruratdan kelib chiqib ishlab chiqilgan "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasida bir qator ustuvor yo`nalishlar belgilangan.

 

    Boshqa yangiliklar