1

Toshkentda bir guruh ayollar Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura binolariga kirib, janjal uyushtirishdi

Jamiyat 07.03.2020, 23:20
Toshkentda bir guruh ayollar Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura binolariga kirib, janjal uyushtirishdi

Toshkentda Bosh prokuratura va Vazirlar Mahkamasi binolari oldida bir guruh ayollar tomonidan janjal uyushtirildi. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy axborot berdi.

Keltirilishicha, joriy yilning 5 mart kuni  Bosh prokuror N.Yo`ldoshev tomonidan videokonferensiya aloqa orqali 19 nafar fuqarolarning qabuli o`tkazilgan bo`lsada, 2020 yil 6 mart kuni G.Karimbekova, X.Ergasheva, G.Xujaxanova, D.Dultaeva va boshqa bir guruh ayollar  Bosh prokuratura binosiga kirib, janjal uyushtirishgan va Bosh prokuror qabul qilishini so`ragan.

Bosh prokuror xizmat safarida bo`lganligi sababli ushbu fuqarolar Bosh prokurorning 1-o`rinbosari A.Xolmaxmatov tomonidan qabul qilingan.  

Bundan tashqari, G.Karimbekova, D.Dultaeva va boshqa bir guruh fuqarolar 2020 yil 4 mart kuni ham O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolarni qabulxonasida janjal uyushtirganligi uchun Bosh prokurorning 1-o`rinbosari A.Xolmaxmatov tomonidan shaxsan qabul qilingan.  

Ushbu fuqarolar bir necha marotoba Bosh prokuror va Bosh prokuror o`rinbosarlari qabulida bo`lib, murojaatlari belgilangan tartibda ko`rib chiqilgan va yozma javob xatlari berilgan.    

Mazkur fuqarolar doimiy ravishda Bosh prokuratura, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi va boshqa idoralarda tartibsizliklar uyushtirib, noqonuniy talablari bilan e`tiborni o`zlariga jalb qilib kelishmoqda, deyilgan rasmiy axborotda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1