1

Xalq ta`limi vazirligining 3 ta boshqarmasini ayollar boshqaradi

Jamiyat 08.03.2020, 11:45
Xalq ta`limi vazirligining 3 ta boshqarmasini ayollar boshqaradi

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov o`zining telegramidagi blogida sohadagi o`qituvchilarning deyarli 70 foizi ayollar bo`lsada bir yil avval 14 ta hududiy xalq ta`limi boshqarmasidan birontasida ayol kishi birinchi rahbar lavozimida emasligini, hozirgi kunda hududlardagi boshqarma boshliqlari orasida ularning soni 3 nafarga (21%) etgani haqida xabar bermoqda.
 

Ya`ni sohaga erkak o`qituvchilarni qaytarish bo`yicha sa`y-harakatlar bilan birga, sohadagi ayollarni rahbar lavozimlarga ko`tarilish imkoniyatlarini yaratishga ham harakat qilayapmiz.

Aslida ayollarning oilasidan ortib, yana qoshimcha ravishda o`z mehnat faoliyatini yuritishining o`zi oson ish emas. Butun bir viloyatning maktab ta`limiga javobgar bo`lishni aytmasa ham bo`ladi.

Shu fursatdan foydalanib, sohamizdagi barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklayman!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1