1

Ayolni ulug`lash — oilani, hayotni, Vatanni ulug`lash demakdir

Jamiyat 08.03.2020, 15:53
Teglar: IIV, 8-mart
Ayolni ulug`lash — oilani, hayotni, Vatanni ulug`lash demakdir

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayramiga bag`ishlangan «Ayol borki  – olam munavvar» nomli madaniy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

Tadbirni Institut boshlig`i o`rinbosari Zafar Jumanov ochib, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, huquq va manfaatlarini ta`minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta`kidladi.

Jumladan, xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash,ularning bandligini ta`minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylaridagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan tibbiyot sohasini, xususan, onalar va bolalarga ko`rsatiladigan tibbiy xizmat darajasini oshirish sohalariga ham katta e`tibor qaratilmoqda, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida qizlarimiz, ayollarimiz uchun alohida tibbiy maslahatxonalar tashkil etilmoqda. Bu masalalarning ahamiyatini esa sizlar ona sifatida, tarbiyachi va murabbiy sifatida boshqalardan ko`ra yaxshiroq tushunasiz, – deb ta`kidlab o`tdi.

Tarixning o`zi guvoh — ayol sha`niga qanchadan-qancha qasidalar, she`ru-dostonlar, qo`shiqlar, g`azallar bitilgan bo`lmasin, toki dunyoda odamzod bor ekan, toki ona mehri, ayol muhabbati barqaror ekan, bu azaliy va abadiy mavzu hech qachon poyoniga etmaydi. Nega deganda, Yaratganning buyuk mo``jizasi bo`lmish ayol zoti har qanday yuksak hurmat va tahsinlarga munosibdir.

Mana shunday shukuhli damlarda avvalambor, barchamizni oq yuvib, oq tarab voyaga etkazgan «mo``tabar ona» siymosiga, ko`z nuri, qalb qo`ri, butun borlig`ini farzandlariga bag`ishlagan onalarimizga ta`zim qilib, o`z farzandlik ehtiromimizni bajo keltiramiz. Zero, «Jannat onalar oyog`i ostidadur», deb e`tirof etdi. 

Bugungi bayram munosabati bilan ushbu dargohda uzoq yillar samarali mehnat faoliyati bilan yosh avlodga ta`lim-tarbiya bergan mo``tabar opa-singillarimizni hamda professor-o`qituvchilarning turmush o`rtoqlarining ishtirok etayotganliklari davramizga alohida shukuh baxshida etayotganligini aytib, barcha ayollarni bayram bilan samimiy tabrikladi. 

Tadbirda bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirining buyrug`iga asosan rag`batlantirilgan xodimalarga Faxriy yorliq va pul mukofotlar topshirildi.

– Xotin-qizlarga ko`rsatilayotgan hurmat-ehtirom uchun eng avvalo, Prezidentimizga, Ichki vazirligi rahbariyatiga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz, – deydi Institut kotibiyati boshlig`i Shaxzoda Po`latova. – Bayram munosabati bilan menga berilgan Vazirimizning “Faxriy yorliq” o`z navbatida yanada mas`uliyat yuklaydi. Ularning ishonchini oqlab sidqidildan samarali mehnat qilaman. Zero, ozgina e`tibor insonni o`ziga bo`lgan ishonchini oshiribgina kolmay o`z ustida ishlashga va sohaga yangi tashabbuslarni joriy etishga undaydi. 

Shuningdek, bayram munosabati bilan Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, mahallalarda targ`ibot tadbirlari doirasida og`ir sharoitda yashayotgan opa-singillarni ham tabriklash ishlari amalga oshirildi. 

Jumladan, Xalqaro xotin-kizlar kuni bayrami arafasida Institut professor-o`qituvchilari Navoiy shahar Nurafshon ko`chasi istiqomat qiluvchi, 1957 yil tug`ilgan Galina Xudayarovaning holidan xabar oldilar.

– Ta`kidlash joizki, so`nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash, ayollar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi va bugungi kunda ham amalga oshirilib kelinmoqda, – deydi ichki ishlar idoralari faxriysi Galina Xudayarova. – Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlar o`rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini barvaqt oldini olish, xotin-qizlarning muammolarini o`rganish va ularni bartaraf etishga ko`maklashish, ruhan qo`llab-quvvatlash maqsadida hududiy ichki ishlar organlarida xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo`yicha inspektor lavozimi joriy etilgani va bugungi kunda ular tomonidan samarali ishlar qilinayotgani tahsinga loyiq, albatta. Qolaversa, bugungi kunda 6 nafar ayollar respublikamizning nufuzli tumanlarini boshqarayotgani esa mamlakatimizda ayollarga bo`lgan ishonchning yaqqol namunasidir. 

Bayram arafasida xolimdan xabar olib ko`nglimni shod etgan IIV Malaka oshirish instituti xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. 

Ha, ayol har qanday e`zoz va ehtiromga munosib zot. Shu bois ayolni, onani e`zozlagan yurtning qudrati ortib boraveradi, kelajagi buyuk va nurafshon bo`ladi. 

Sherali Anvarov,

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati xodimi

Sharhlar

Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlov amalga oshirildi

03.09.2021, 16:22

Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlov amalga oshirildi.Podpolkovnik Nigmatov Ruftullo Olimjonovich IIV Akademiyasi boshlig`ining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.Tayinlovga qadar R.Nigmatov O`zbekiston...
Hamshirani sochidan tortib sudragan farg`onalik erkak IIO ning sobiq xodimi ekanligi ma`lum bo`ldi

28.08.2021, 07:55

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi roddomda xamshiraning sochidan tortib sudrab chiqayotganligi aks etgan videoxabar tarqalgani haqida xabar bergan edik. Shundan Sog`liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan dastlabki...
Farg`onada qidiruvdagi ikki qochoq qo`lga olindi

20.08.2021, 12:23

19 avgust kuni Farg`ona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e`lon qilingan X.J.ni qo`lga olishdi.Bundan tashqari, Uchko`prik...
Farg`onada yashash xonadonini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo`lga olindi

01.08.2021, 16:10

28 iyul kuni Dang`ara tuman IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Tumor MFY hududida yashovchi A.F yashash xonadonida 3 nafar shaxslarga qimor o`ynashlari uchun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1